Kirish Ro'yxatdan o'tish

Foydalanish shartlari

Xizmat ko'rsatish shartlari.

  1. Bizning panelimizdan Ro'yxatdan o'tish orqali siz quyida sanab o'tilgan barcha shartlarni avtomatik ravishda qabul qilasiz, ularni o'qiganingiz yoki o'qimagan taqdiringizda ham.
  2. Biz ushbu Xizmat shartlarini ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqini saqlab qolamiz. Har qanday o'zgarishlar yoki kelajakdagi o'zgarishlardan xabardor bo'lishingiz uchun har bir buyurtma berishdan oldin barcha xizmat shartlarini o'qib chiqishingiz kerak bo'ladi.
  3. Siz bizning veb-saytimizni faqat bizning shaxsiy Xizmat shartlari tuzilgan barcha kelishuvlarga rioya qilgan holda foydalanasiz.
  4. Bizning tariflarimiz istalgan vaqtda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin. Shartlar narx o'zgargan taqdirda ham o'z kuchida qoladi.
  5. Biz qayta sotuvchilarimiz bizdan kutgan xizmatlarni tezda yetkazib berishga astoydil harakat qilmoqdamiz. Bunday holda, buyurtmani bajarish zarur deb hisoblasak, xizmat turini o'zgartirish huquqini saqlab qolamiz.
  6. Bizning xizmatlarni sotish bilan shug'ullanadigan sotuvchilarni mijozlari bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik uchun biz javobgar emasmiz.
  7. Buyurtmalarni o'rtacha bajarish vaqtini biz aniqlik bilan taxmin qila olamiz. Bu taxmin xolos, agarda kechikishlar kuzatilsa biz bu xizmatni bekor qilib bera olamiz. Bekor qilingan buyurtma osonsmm.com (ushbu siz foydalanadigan sayt) ma'murlari shartlariga ko'ra saytdagi balansingizga qaytariladi.
  8. osonsmm.com sayti (siz foydalanadigan xizmat ishlab chiqaruvchilari) ma'murlariga har qanday qo'polliklar va haqoratli so'z ishlatgan foydalanuvchi hisoblari muzlatiladi. Ushbu holatda sayt ma'murlari saytdagi pullarni qaytarmaslik huquqiga ega. Bu holatda hech bir e'tirozlar qabul qilinmaydi.
  9. Ushbu xizmatlardan foydalanganingiz uchun sizning ijtimoiy tarmoq sahifalaringiz zararlanmasligini (bloklanish, jarima, moliyaviy zarar) biz juda yaxshi bilamiz. Agarda ushbu xizmatlardan foydalangandan keyin siz uchun zararli holat yuzaga kelgan taqdirda biz hech bir arizalarni qabul qilmaymiz.
  10. Ushbu xizmat shartlarini sayt sizni ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqiga ega.
  11. Mijozlar tomonidan kelgan har bir xabarni biz ixtiyoriy vaqt ichida o'qib, ko'rib javob qaytaramiz.
  12. Saytda balans to'ldirishda pullar vaqtida tushmagan taqdirda sayt ma'murlariga yozishingiz mumkin. Admin orqali balans to'ldirish va pullar kech tushganiga kechikish bo'lgani uchun kelgan xabarlarni admin ixtiyoriy vaqtda ko'rib balansingizni to'ldirib beradi. To'lov chekini 1 tadan ortiq akkauntdan adminga yubormang. Agar siz 1 ta chekni 2 ta va undan ortiq akkauntdan bizga yuborsangiz hisobingiz to'xtatiladi, pullaringizni saytdan ishlata olmaysiz va qaytarilmaydi. Biz har bir xizmatni tezda bajarishga harakat qilamiz. To'lovlarni shaxsiy o'zingizning kartalaringizdan amalga oshiring. O'zingizga tegishli bo'lmagan kartalarda to'lovni amalga oshirsangiz biz u karta egasi bilan bog'lanishini so'raymiz.
  13. Ushbu xizmat shartlariga rozi bo'lishingiz osonsmm.com sayti, saytning mobil ilovasi, saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, sayt ishlab chiqaruvchilari va xodimlari shartlariga rozi bo'lganingizni anglatadi.
  14. Admin orqali yoki boshqa to'lov tizimlari orqali balans to'ldirilgan vaziyatlarda siz pullarni qaytarib berishni talab qila olmaysiz. Har qanday vaziyatda ham siz adminga yoki saytga tushirgan pullarni qaytarib berish talabi bilan chiqa olmaysiz. Barcha pullaringizni sayt xizmatlari uchun sarflay olasiz. Agarda sayt tegishli sabablarga ko'ra faoliyatini to'xtatgan taqdirda siz sayt balansidagi pullaringizni sayt ma'muriyati taklif qilgan valyutada qabul qilib olasiz.
  15. Balansingizni to'ldirishda o'zingizga tegishli bo'lmagan karta raqamlardan foydalanmang. Balans to'ldirishda foydalanilgan karta raqam sizga tegishli emasligi aniqlansa hisobingiz to'xtatiladi.
  16. Maqsadsiz balansingizni to'ldirmang. Balansingizni to'ldirganingizda 24 soat ichida mablag'larni xizmatlar uchun foydalanishni boshlagan bo'lishingiz kerak.
  17. Xizmatlardan foydalanishda 1 ta havolaga yoki 1 ta akkauntga bir nechta xizmatdan bir vaqtda foydalanmang. Buyurtmangiz to'liq bajarilgandan so'ng boshqa xizmatdan foydalaning.
  18. Bizning xizmatlarimiz ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lsa-da, ko'plab ijtimoiy tarmoqlar profilaktika olib boradi. Profilaktika davomida soxta deb hisoblangan akkauntlar o'chirilishi mumkin. Bu holat bizga bog'liq bo'lmagani uchun biz hech bir javobgarlik olmaymiz.
  19. Ijtimoiy tarmoqlar tomonidan profilaktik tozalash ishlari amalga oshirilganda biz bergan kafolatlar o'z kuchini yo'qotadi.
  20. Xizmatdan foydalanish vaqtida yoki buyurtma qilingandan keyin havolani o'zgartirish mumkin emas. Havolani o'zgartirsangiz pul qaytarish, tiklab berish va holatiga qaytarish kabi kafolatlar olinmaydi.
  21. Mijoz boshqa akkaunt ochib, asosiy akkauntidan TAKLIF HAVOLASI orqali taklif qilib bonus olib daromad qilishi kuzatilganda mijozning asosiy akkaunti bloklanadi.

Oxirgi yangilanish: 04.10.2026